2-sonli amaliy tadqiqot

Xizmat tavsifi

Prototiplash va tasdiqlash | Loyihalashtirish hujjatlari | Ishlab chiqarishni ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlash

Asosiy afzalliklar

  • Qo‘shimcha asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot va muhandislik mutaxassislarini jalb qilish zaruratini yo‘qotish orqali R&D xarajatlarini kamaytirdik.
  • Mijozga o‘zining asosiy qiymat qo‘shuvchi vazifalariga e’tibor qaratish imkonini berib, konstruktiv loyihalash va tahlil ishlarini zimmamizga oldik.
  • Yetkazib beruvchilarni tezkor qidirish va tanlash
  • Jarayon va materiallar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun muhandislik yordamini bevosita jalb etish orqali dastlabki partiya ishlab chiqarishini soddalashtirdik

Agrovoltaik quyosh konstruksiyasi

Provitaz, quyosh energetikasi sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya, o‘z faoliyatini O‘zbekistonda kengaytirdi. Ular mahalliy rezavor meva yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi uchun Agrovoltaik (Qishloq xo'jaligi quyosh energiyasi) quyosh panellari o‘rnatish konstruksiyasining maxsus to‘plamini loyihalashda muhandislik yordamini talab qildilar. Taklif bir qator texnik va iqtisodiy talablarni o‘z ichiga olgan: narx bo‘yicha maqsadlar, dala sharoitida tez montaj qilish, mahalliy mehnat va materiallardan foydalanish, korroziyaga qarshi himoya, UV nurlanishga chidamlilik, shamol va qor bosimi, hamda ekinlarga soya tushirish darajasi.

Provitaz bizning muhandislik jamoamizni loyihaning kontseptual bosqichidayoq jalb etdi. Jamoamiz mavjud inshootlar, tuproq holati va joylashuvni baholash uchun maxsus sinov jihozlari va o‘lchov vositalari bilan joyiga chiqib, dala tahlillarini o‘tkazdi. Ushbu ma’lumotlar asosida 3 ta dizayn kontsepti ishlab chiqildi, kerakli qor va shamol bosimlariga hisob-kitob qilindi va har bir variant bo‘yicha xarajat bahosi tayyorlandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ulardan biri tajriba ishlab chiqarish (pilot production) uchun tanlab olindi. Bizning jamoa keyin mahalliy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar qulayligi uchun ishlab chiqarish chizmalarini o‘zbek va rus tillarida taqdim etdi.

Dizayn bosqichidan so'ng Provitaz biz bilan hamkorlikni kengaytirib, ishlab chiqarishni ishga tushirish bo'yicha yordam so'radi. Jamoamiz potentsial mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqladi, ularning har biridan tijorat takliflarini oldi va tavsiyalarimiz bilan birga Provitazga taqdim etdi. Provitaz yakuniy tanlovni amalga oshirdi va ishlab chiqarish bizning muhandislik yordamimiz bilan ishga tushirildi. Ishlab chiqarishning har bir bosqichida Provitaz va ularning yetkazib beruvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, biz sifat nazorati, texnologik jarayonlar va material bilan bog'liq muammolarni hal etishda faol ishtirok etdik.